TURKSHUNOSLIK OLIY MAKTABI
Aripov Makhamadjon Pulatbayevich | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | Filologiya fanlari nomzodi, PhD | |
Lavozimi: | Oliy maktab boshlig’i | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Tel.: | +998 93-535-86-34 | |
E-mail: | info@tsuos.uz |
“Turk filologiyasi” kafedrasi
Mustaqillik davrida olim ta’lim sohasi oldiga butunlay yangi vazifalar va yangicha maqsadlar qo‘yildi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi ham shu vazifalarni bajarish va maqsadlarga erishish uchun jipslashib, faoliyat olib bormoqda. Birinchi navbatda sharqshunos olimlar va tadqiqotchilar oldiga milliy ma’naviy merosimizni o‘rganish, qayta tiklash va keng xalq ommasiga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Keyingi navbatda, vatanimiz qo‘shni Sharq mamlakatlarining tili va madaniy ijtimoiy hayoti, iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, urf-odatlari, an’analarini yaxshi biladigan davlatlararo iqtisodiy va huquqiy hujjatlarni tarjima qilishga qodir bo‘la oladigan sharqshunos mutaxassislarni tayyorlash vazifasi belgilandi. Turk filologiyasi kafedrasi dastlab 1990-yilda Oltoyshunoslik nomi bilan tashkil etilgan. 1991- yildan kafedra Turkiy tillar nomi bilan ataldi. 2020-yilda kafedra nomi Turk filologiyasi deb nomlandi. Oltoyshunoslik kafedrasida uyg’ur, turk, koreys, yapon tillari o‘qitilgan. Keyinchalik, bu yo‘nalishlar mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi: turk filologiyasi, uyg’urshunoslik. Bugungi kunda Turk filologiyasi kafedrasi elimizda turkshunoslik yo‘nalishida ta’lim berayotgan va ilmiy izlanish olib borayotgan yetakchi markazdir. Kafedraga uzoq yillar akademik A.Rustamov rahbarlik qildi. 1999-yildan boshlab f.f.d., prof. Q.Sodiqov, keyinchalik f.f.d., prof. Q.Omonov, f.f.n., dots. J.Shabanov, f.f.d., prof. Z.Xudoyberganova va f.f.n, dots. U.Lafasov mudirlik qildi. 2019-yildan buyon kafedra mudiri lavozimida f.f.d., dots. P.Kenjayeva faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2022-yil sentabrdan 2023-yil fevral oyiga qadar J.Shabanov vaqtincha kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritti. 2023-yil mart oyidan hozirgi vaqtga qadar M.Aripov faoliyat yuritib kelmoqda. Oliy maktabda ta’lim ikki yo‘nalishda – bakalavrlik va magistrlik bosqichlarida olib boriladi. Ilk bosqichda turk filologiyasi (turk tili va adabiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlanadi. Turkshunoslik oliy maktabining professor-o‘qituvchilari turk filologiyasi kafedrasidan tashqari, yana mumtoz sharq filologiyasi, sharq falsafasi, xorijiy mamlakatlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, jahon siyosati va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti talabalariga ham ta’lim berib kelmoqda. Turkshunoslik oliy maktabi o‘qituv faoliyatining yana bir qirrasi – universitetning filologiya (sharq tillari) yo‘nalishlari uchun umumiy sanalgan tilshunoslik (tilshunoslikka kirish va umumiy tilshunoslik) fanlari ham kafedra yelkasida. Uyg‘ur tilini o‘qitish ham kafedraning ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Uyg‘ur tili turk filologiyasi, xitoy filologiyasi bo‘limlarida qo‘shimcha sharq tili sifatida o‘qitiladi. Shu bilan birga, oliy maktabda Ozarbayjon madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda, ozarbayjon tili ham qo‘shimcha sharq tili sifatida o‘qitiladi.
Turkshunoslik oliy maktabi tadqiqotchilarining ilmiy ishlari
№ | Tadqiqotchining F.I.Sh | Tadqiqot ish mavzusi | Ilmiy rahbar F.I.Sh |
1 | Sodiqov Qosimjon Pozilovich | XI–XV asrlar uyg‘ur yozuvli turkiy yodgorliklarning grafik va fonetik xususiyatlari | f.f.d., prof. G‘. Aydarov |
2 | Adham Alimbekov Kamalovich | Узбекская литература в ее взаимосвязях с творчеством Демьяна Бедного | Professor Laziz Qayumov |
3 | Shabanov Jumali Kazimovich | Turk va o’zbek tillarida faol harakat fe’llarining semantikasi | f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov |
4 | Boqijon To’xliyev | Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari va turkiy xalqlar folklori | akad. A.P.Qayumov |
5 | Aripov Maxamadjon Pulatbaevich | Turk tilidagi tilak, olqish va duolarning lingvomadaniy va lingvopoetik xususiyatlari | f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov |
6 | Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich | Qadimgi turk-moniy adabiyoti manbalari | f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov |
7 | Maryam Eshmuhammedova Malikovna | “Devoni hikmat”qo‘lyozmalari | f.f.d, prof. Akad. Alibek Rustamov |
8 | Kenjayeva Poshshajon Umidovna | XX asr turk hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari | f.f.d., akademik N.Karimov |
9 | Urak Pazilovich Lafasov | Abdulla Qodiriy romanlari lingvopoetikasi | f.f.d, akademik G‘ani Abdurahmonov. |
10 | Çetin Yıldız | Kazan Tatar Türklerinin Mitolojisi | Prof. Dr. İbrahim Dilek |
11 | Yo’ldoshev Taboshir Qodirovich | O’zbek tili tarixidagi islom shariatiga oid so’z va atamalarning lingvistik tahlili | f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov |
12 | Aminova Lolaxon Alimovna | 2000 yillar turk hikoyachiligining yangilanish tamoyillari | f.f.d., prof, P.U.Kenjayeva |
13 | Tashaliyeva Sarvara Irisaliyevna | Turk tilida rang bildiruvchi sifatlar: semantika va stilistika masalalari | f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov |
14 | Kayumova Mehriniso Miraxmatovna | Haldun Taner dramalarining poetikasi (50-60 yillar misolida) | f.f.d., prof, P.U.Kenjayeva |
15 | Abdullayeva Nurjahon Choriyevna | Gʻarb tillaridan kirgan soʻzlarga muqobil ifodalar topish va ularni tilning lugʻat boyligiga kiritish masalasi oʻzbek va turk tillari misolida | f.f.n., prof. Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna |
16 | Sabirova Zuxra Shokirovna | Turk va o‘zbek madaniyatida qarindoshlik atamalarining murojaat shakli sifatida ifodalanishi | f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov |
17 | Sadikova Shirin Baxtiyorovna | O‘zbek tilida hurmat ma’nosining ifodalanish usullari | professor Karim Nazarov |
18 | Xudiyeva Mətanət Mirzaxan kızı | S.Vasilyev əsərləri Azərbaycan tərcümələrində | f.f.d., prof. N.Mamedov |
19 | Salimova Zebo Rustam qizi | Turk va o‘zbek tillarida zoomorf hamda fitomorf komparativ birliklarda inson obrazining ifodalanishi | f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov |
20 | Gisarov Farxad Marufovıch | Uyg‘ur tilidagi dorivor o‘simliklar nomlarining leksik-semantik tahlili | f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov |
21 | Tsoy Nadejda Alekseyevna | RUS-İRAN ILIŞKILERININ DÖNÜŞÜMÜ: İRAN’IN ANALIZI – RUSYA’NIN BATI YAPTIRIMLARININ ORTASINDA HAYATTA KALMASINA YARDIMCI OLMA ROLÜ | Prof.Dr.Mesut ÖZCAN |
22 | Altinboyev Nuriddin Abdumannonovich | Turk maqollarida “oila” konseptining lingvomadaniy tadqiqi | f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov |
23 | To‘lagonova Shahnoza Abdumajidovna | Qadimgi turkiy tilda kechgan stereotip birliklar: semantika va stilistika masalalari | f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov |
24 | Xolboboyeva Nilufar Baxtiyor qizi | “Xolis Devoni”nining tekstologik tadqiqi | f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov |
25 | Xoshimov Akmal Sadillayevich | Yoqub Qodri Qorausmon o‘g‘li “Yaban” romanida o‘zlashgan so‘zlarning leksik-semantik tahlili | f.f.d., prof, P.U.Kenjayeva |
26 | Amirova Nigoraxon Saidg’ani qizi | Turk lisoniy manzarasida ko’ruv sezgisi modellari | f.f.d., prof. X.Islamdjanova |
27 | Davlatov Zoirjon Zokiraliyevich | Turk tilida yordamchi fe’llar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi | f.f.n., dotsent J.K.Shabanov |
28 | Jurakulov Kuvonchbek Naim o’g’li | A.L.Qozonchi asarlari tarjimasida muallif uslubining saqlab qolinishi | PhDs., dotsent M.Qayumova |
29 | Jo’rayev Shohruh-Mirzo Temir o’g’li | “Devoni lug‘atit-turk” va “Qutadg ‘u bilig”dagi peyzaj tasvirining qiyosiy-tipologik tahlili | f.f.d., professor B.To’xliyev |
30 | Karimova Shaxnoza Shuxrat qizi | Namiq Kamol dramalari poetasikasi | f.f.d., professor A.Alimbekov |
31 | Altundag Mokhigul Jamoldin qizi | Adabiyotshunoslik terminologiyasida ekvivalentlik muammolari (o‘zbekcha-turkcha terminlar asosida) | f.f.n., dotsent D.A.Xatamova |
32 | Usmanova Nodira Lutfullayevna | Turk tilida dori vositalari bilan bog’liq birliklarning leksik va semantik tahlili | f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov |
33 | Shorasulova Arofat Ibroxim qizi | Turk va o‘zbek tillarida “vaqt” konseptining lingvomadaniy talqini | f.f.n., dotsent Sh.S. Baxtiyorovna |
34 | Tojiyeva Afro’za Baxtiyorovna | Umar Sayfiddin hikoyalari tarjimasida tasvir va ifoda vositalari talqini | PhDs., dotsent M.Qayumova |
35 | Abduğofurova Durdona Muzaffar qizi | Turk va O’zbek tilida raqamlar va ulardagi ramziy ma’nolar | Phd. Aripov Mahammadjon Po’latbayevich |
Oliy maktabning hamkor tashkilotlari
- O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
- TDSHU qoshidagi Xorijiy tillar akademik litseyi
- O’zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
- O’zbekiston Respublikasi FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.
- O’zbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi.
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
- Turkiya – Anqara Hoji Bayram Vali universiteti
- Turkiya – Anqara Gazi universiteti
- Turkiya – Marmara universiteti
- Turkiya – Istanbul universiteti
- Turkiya – Hajettepe universiteti
- Turkiya – Anqara universiteti
- Turkiya – Otaturk universiteti
- Turkiya – Karabuk Universiteti
- Turkiya – Turk Dil Kurumu
Oliy maktabning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar