PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA DOKTORANTLAR UCHUN ERASMUS+ ICM LOYIHASIDA ALMASHINUV DASTURI

Professor yoki doktorant bo‘lib, xorijda akademik tajribangizni kengaytirishni xohlaysizmi? TDSHU sizga Xalqaro kredit mobilligi (ICM) loyihasi doirasida Yevropadagi nufuzli hamkor universitetlarda tadqiqot o‘tkazish yoki ma’ruza o‘qish imkoniyatini taqdim etadi!
Imtiyozlar: ERASMUS+ TOMONIDAN TO‘LIQ MOLIYALASHTIRILADI (borish-kelish, sug‘urta va yashash xarajatlari)
TALABLAR!!!
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟢 Professor-o‘qituvchilar (quyidagi yo‘nalishlarda dars berishi lozim):
• Markaziy Osiyo tadqiqotlari
• Til ta’limi (Ingliz tili)
• Tarix va arxeologiya
• Adabiyot va tilshunoslik
• Gumanitar fanlar
🟢 Doktorantlar (quyidagilardan yo‘nalishlardan biriga mos bo‘lishi lozim):
• Markaziy Osiyo tadqiqotlari
• Tarix va arxeologiya
• Adabiyot va tilshunoslik
• Gumanitar fanlar
Almashinuv dasturi haqida (professor-o‘qituvchilari uchun )
- Davomiyligi: Universitetga qarab kamida 7 kun
• Maqsad: O‘z mutaxassislik sohasi bo‘yicha ma’ruza o‘qish
• Hamkor universitetlar:
Leyden universiteti (Niderlandiya) – Markaziy Osiyo tadqiqotlari
Karoli Gaspar universiteti (Vengriya) – Til ta’limi (Ingliz tili)
Etvosh Lorand universiteti (Vengriya) – Tarix va arxeologiya, Adabiyot va tilshunoslik
Piza universiteti (Italiya) – Gumanitar fanlar
Almashinuv dasturi haqida (doktorantlar uchun)
- Davomiyligi: Universitetga qarab farqlanadi
• Maqsad: Universitetda soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish
• Hamkor universitetlar:
Leyden universiteti (Niderlandiya) – Markaziy Osiyo tadqiqotlari
Etvosh Loranduniversiteti (Vengriya) – Tarix va arxeologiya, Adabiyot va tilshunoslik
Piza universiteti (Italiya) – Gumanitar fanlar
Ariza topshirishdagi talablar…
I. Professor-o‘qituvchilar uchun (UMUMIY BALL – 50):
- Ingliz tili darajasi kamida B2, ya’ni og‘zaki va yozma ko‘nikmalarining yuqori bo‘lishi (10 ball);
- 200 so‘zdan iborat motivatsion insho (tanlovda qatnashish sabablari, maqsadlari va mobillik dasturidan kutilgan natijalar bayon etilishi lozim) (20 ball). E’tibor bering! Faqat ingliz tilidagi insho qabul qilinadi!
- Maksimum 3 betlik, asosiy topshirayotgan yo‘nalishiga aloqador ish tajribasi va ilmiy maqolalari keltirilgan Europass formatidagi CV (ingliz tilida). Quyidagi havola orqali CV tayyorlash mumkin https://europa.eu/europass/eportfolio/screen/cv-editor?lang=en;
- Xalqaro mobillik dasturi doirasidagi ma’ruza mavzulari ro‘yxati;
- Xorijga chiqish pasportidan nusxasi.
II. Doktorantlar uchun (UMUMIY BALL – 50):
- Ingliz tili darajasi kamida B2, ya’ni og‘zaki va yozma ko‘nikmalari yuqori bo‘lishi (10 ball);
- 200 so‘zdan iborat motivatsion insho (tanlovda qatnashish sabablari, maqsadlari va mobillik dasturidan kutilgan ilmiy natijalar bayon etilishi lozim) (20 ball). E’tibor bering! Faqat ingliz tilidagi insho qabul qilinadi!
- Maksimum 3 betlik, asosiy topshirayotgan yo‘nalishiga aloqador ish tajribasi va ilmiy maqolalari keltirilgan Europass formatidagi CV (ingliz tilida) (20 ball). Quyidagi havola orqali CV tayyorlash mumkin https://europa.eu/europass/eportfolio/screen/cv-editor?lang=en;
- Doktorantura 1-bosqichini tugatganlik haqida hujjat va tadqiqot faoliyatining samarali olib borilayotganligi;
- Doktoranturaga qabul qilinganlik haqida tasdiqlovchi hujjat;
- Xorijga chiqish pasportidan
Arizalarni topshirish muddati: 2025-yil 5-aprel
Hujjatlar qabul joyi: Xalqaro reytinglar bilan ishlash” bo‘limi (Asosiy bino, 2-qavat, 8-auditoriya orqasida)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Kozim Qayumov +998946571477