Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Amaliyot va ishga joylashish

2023-2024 o‘quv yilida bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli 4-bosqich talabalarining pedagogik va bitiruv oldi amaliyotini tashkil etish to‘g‘risidagi TDSHU rektorining 2023-yil 31-avgustdagi 212-UM buyrug‘iga asosan “Koreys filologiyasi” kafedrasi dots.v.b, PhD  Ashirbayeva Dilorom 59-maktabda amaliyot o‘tayotgan talabalarning ochiq darsini kuzatdi.  Bundan maqsad talabalarning o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etishlarini, sohaning bo‘lajak kadrlari sifatida ta’lim bera olish qobiliyatini kuzatish. 4-bosqich “C” guruh talabasi Toxirov Asilbek 5-A sinf o‘quvchilari bilan 우리 가족 –  “Mening oilam” mavzusida mashg‘ulot olib bordi. O‘quvchilar dars jarayonida  koreys tilida oilaga oid  so‘zlarni, kuy-qo‘shiq va raqslarni o‘rgandilar. Koreya madaniyati bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘quvchilar bilan birgalikda “김밥”  ham tayyorlandi. Qo‘llanilgan qiziqarli metod va vaqt taqsimotining rejalashtirilgani darsning unumdorligini oshirdi. Natijada o‘quvchilarning koreys tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.

14.12.2023, 15:22 721