TDSHU tomonidan Yapon madaniyati kuni
TDSHU Yapon filologiyasi kafedrasi tomonidan Tsukuba Universiteti va 133-maktab bilan birgalikda “BRMning 17-Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” va “BRMning 4-Ta’lim sifati” doirasida joriy yilning 29-noyabr kuni yapon tiliga ixtisoslashtirilgan 133-maktabida Yapon madaniyati kuni o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yapon filologiyasi kafedrasining yetakchi mutaxassislari N.Xalmurzayeva, N.Tursunova hamda ushbu universitetning hamkori Yaponiyaning Tsukuba universiteti “Global tarmoqda Yaponiyada ta’lim” loyihasi ilmiy xodimi Ph.D Tatiana Yahiro, universitet xalqaro ishlar administratori, Ph.D Yuji Kajiyama, hamdo‘stlik davlatlari mintaqasi bo‘yicha mas’ul xodim Noriko Jibiki va professor Ito Hironorilar qatnashdilar.
133-maktab o‘quvchilari uchun Tsukuba Universiteti delegatsiyasi a’zolari Tsukuba universiteti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ushbu universitet faoliyati haqida taqdimot o‘tkazdilar. Shuningdek, yapon tili bo’yicha o‘tkazilgan kichik olimpiada g‘oliblari maktab direktori tomonidan “direktor stipendiyasi” bilan rag‘batlantirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda nishonlandi. 5-6 sinf o‘quvchilari tomonidan yapon tilida she’r va qo‘shiqlar ijro qilindi, bolalar yapon milliy raqslariga tushib mehmonlarni xushnud qildilar.
Tsukuba universitetidan tashrif byurgan delegatsiya a’zolari maktabdagi yapon tili ta’limi yaxshi yo‘lga qo‘yilganligidan juda mamnun bo‘lidilar va maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.