Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalari

Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lgan TDSHU kafedra mudiri D.Muhiddinova hamda professor P.Kenjayeva, safar davomida Izmir shahrida bo‘lib o‘tgan “Turk dunyosining modernizatsiyasi: turkiy xalqlar adabiyotida roman va hikoya janri” mavzuidagi Xalqaro simpoziumda qatnashdi.

Mazkur anjumanda D.Muxiddinova “Zamonaviy o‘zbek va arab hikoyanavisligida yunon mifologiyasi”, P.Kenjayeva “Orhan Kemal ve Abdulla Qahhor hikoyalarining qiyosiy tadqiqi” mavzuidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Bu kabi anjumanlarda qatnashish orqali TDSHU professor-o‘qituvchilari o‘z sohalaridagi yangiliklarni dunyoga yoyibgina qolmasdan o‘z bilim doiralarini ham kengaytirishadi.

photo_2024-05-28_09-58-32

28.05.2024, 09:59 84