Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh diplomatlar klubi a’zolari Sankt-Peterburg Oliy Iqtisodiyot maktabida

2023-yil 2-15-iyul kunlari “Yosh diplomatlar” klubi a’zolari Xalqaro yozgi maktab kurslarida qatnashish uchun Sankt-Peterburg Oliy Iqtisodiyot maktabi filialiga tashrif buyurdilar. Klub a’zolari Sankt-Peterburg Oliy Iqtisodiyot maktabi o‘qituvchilaridan siyosatshunoslikka oid bilimlarni oldilar, shuningdek, madaniy dastur davomida Sankt-Peterburg bilan yaqindan tanishdilar hamda uning diqqatga sazovor joylariga bordilar. Kurslarda Venesuela, Xitoy, Vyetnam, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Germaniya, O‘zbekiston, Rossiya kabi dunyoning ko‘plab davlatlaridan talabalar ishtirok etdilar. “Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar” mavzuli blokidagi trening ingliz va rus tillarida olib borildi. Andrey Starodubtsevning “Postsovet hududida davlat boshqaruvi” kursi siyosatshunoslik blokiga kiritilgan. Ma’ruzalarda talabalarimiz bilan bir qatorda Xitoy va Yaponiyadan kelgan talabalar ham qatnashdilar. Kurs postsovet hududidagi siyosiy jarayonlar, ushbu mamlakatlar jamiyati va davlat tuzilishiga bag‘ishlandi. Trening bilan bir qatorda kurs tashkilotchilari o‘quvchilarimiz uchun shahar bo‘ylab bir nechta sayohatlar va ekskursiyalar o‘tkazdilar. Kurs so‘ngida har bir talaba o‘z xohishiga ko‘ra MDH davlatlari bilan bog‘liq mavzuni tanlagan holda tahririy rukn shaklida test ishini yozdi.

photo_2024-05-28_10-22-28

28.05.2024, 10:23 79