“Ona va bola” markazi
BRM doirasida universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talabalarini har tomonlama himoya qilish va qo‘llab quvvatlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Ona va bola xonasi tashkil qilingan bo’lib, u yerda barcha shart-sharoitlar yaratilgan, talabalar ham, xodimlar ham farzandlarini maxsus qarovchi enagalarga qoldirib darslarga qatnashishlari va faoliyatlarini olib borishlari mumkin. Bu kabi qulayliklar talabalarga o‘qishlarini qiyinchiliklarsiz davom ettirishlariga hamda xodimlarimizning faoliyatlarini to‘xtovsiz va samarali olib borishlariga yordam beradi va kafolatlaydi.