TDSHUda Navro‘z bayrami
2024-yil 29-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalar turar joyida Dilbar faslning fusunkor – yasharish va uyg‘onish bayrami, insonlarni mehr-muruvvatga, adolat va insoniylikka boshlovchi Navro‘z ayyomini Oltin talabalik davrini ikkinchi uy – azim Toshkent shahrida o‘tkazayotgan talabalar bilan birgalikda nishonlashdi. Bayram munosabati bilan talabalarga bayram dasturxoni tortiq qilindi.