Anti-diskriminatsiya siyosati
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni kamsitmaslik siyosatiga ega.
Ushbu siyosatga ko‘ra universitetda universtet mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning qiziqishi va intilishini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni tashkil etiladi.
Professor-o‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda sog‘lig‘ini tiklash uchun yo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.