TDSHU talabasining inson huquqlari maktabidagi ishtiroki
TDSHU Turkshunoslik fakulteti Siyosatshunoslik yo’nalishi Obidov Asadbek 2024-yil 18 – 23 – mart kunlari Qozog’istonning Shimkent shahrida Qozog’iston Yoshlar Axborot Xizmati tomonidan tashkillashtirilgan Inson Huqulari maktabida qatnashdi. Inson Huquqlari maktabi Qozog’iston va O’zbekistonning inson huquqlari mavzusiga qiziquvchi yoshlarini birlashtirib yangi bilimlar, ko’nikmalar va hududdagi yakdil yoshlar bilan fikr avtajriba almashish imkonini berishni maqsad qilgan loyiha hisoblanib, bu yil Qozog’iston va O’zbekiston Respublikalaridandan jami 18 ta turli sohlardagi inson huquqlariga qiziquchi yoshlarni Shimkent shahrida jamladi.
Xalqaro toifadagi inson huquqlari himoyachilari tomonidan olib borilgan o’quv seminarlari jarayonida orttirilgan chuqur tajriba nafaqat intellektual o’sish uchun zamin yaratadi, balki inson huquqlarining xilma-xil dunyosini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Qiziqarli sessiyalar, muhokamalar va mahorat saboqlari orqali Obidov A. inson huquqlarining turli jihatlari, xususan, inson huquqlarining xalqaro mexanizmlari, advokatlik strategiyalari va xalqaro konvensiya va protokollarni amalda tatbiq etish masalalariga e’tibor qaratgan holda, tushunchalarni sezilarli darajada kengaytirdi.