Mehnat bozoriga yo‘l
2024-yil 4-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreys filologiyasi kafedrasida Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili) yo‘nalishi 2-3-kurs talabalarining malakaviy amaliyot haftalik hisoboti eshitildi. Ushbu uchrashuv doirasida talabalar o‘z amaliyot jarayonida bir hafta davomida bajarilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdilar hamda o‘z tajriba va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Hisobotlar asosida talabalar turli hamkor tashkilotlarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, kasbiy malakani oshirish, mehnat bozori talablariga mos ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi faoliyatlar bilan shug‘ullanganliklari aniqlandi.
Bu esa, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari orasida 8-maqsad — “Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish”ga muvofiq ravishda, yoshlarga munosib mehnat va amaliy tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, 2024-yilning 7–8-iyun kunlari Shayhontohur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkaziladigan “Inchoon ta’lim festivali”da ishtirok etish uchun eng faol 2–3-kurs talabalaridan 10 nafari saralab olindi. Bu festival orqali talabalar nafaqat o‘z kasbiy bilimlarini namoyish etish, balki mehnat bozoridagi raqobatbardoshliklarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
