Ozarbayjon she’riyati durdonalari
2024-yil 19-sentabrda O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Ozarbayjon Respublikasi Davlat Til komissiyasi huzuridagi Monitoring markazining birgalikdagi loyihasi asosida e’lon qilingan «Ozarbayjon she’riyati durdonalari» kitobxonlik tanlovida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq tillari va adabiyoti instituti Turkshunoslik oliy maktabi talabalari Lazizbek Nomozov 1-o’rinni, Feruza Sultanova 3-o’rinni egallab, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, universitetimiz talabalari orasida Dilnura Ulashova, Maftuna Bozorova, Munisa Qodirova, Raxila Maksudova, Omina Rustamova ham tanlovda onlayn tarzda qatnashib sertifikatga ega bo’ldilar.
G’oliblarni Ozarbayjon tarixi va madaniyati bilan tanishtirish maqsadida Baku shahriga taklif qilindilar.
