Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yerdagi hayotni asrash: TDSHUda “Yashil makon” tashabbusi

2024-yil 5-aprel kuni TDSHUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir Koreyashunoslik fakulteti Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Tadbir davomida universitet hovlisiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, atrof-muhitni yanada ko‘kalamzorlashtirish va barqaror ekotizim yaratishga hissa qo‘shildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar faol ishtirok etib, ekologik muhofaza va atrof-muhitni asrash borasidagi mas’uliyatini namoyon etdilar.

Daraxt ekish iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, havo sifatini yaxshilash va biologik xilma-xillikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bunday tashabbuslar sog‘lom shahar ekotizimini shakllantirishga yordam berib, yosh avlod orasida tabiatga nisbatan mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, har yili 5-aprel Janubiy Koreyada “Ko‘chat ekish kuni” sifatida nishonlanadi, bu esa atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmonlarni tiklashning ahamiyatini yana bir bor ta’kidlaydi. Ushbu an’anadan ilhomlanib, TDSHUda o‘tkazilgan tadbir tabiiy landshaftlarni himoya qilish va qayta tiklash borasidagi umumiy burchimizni eslatib turuvchi tashabbus bo‘ldi.

2 1 3

06.03.2025, 13:44 50