Ruhiy zo‘riqishni bartaraf etishning psixologik usullari
2024-yil 14-mart kuni universitet psixologi Barno Kalonova Xitoyshunoslik fakulteti 1-kurs talabalari va fakultet tyutori Abdulaziz Abduqahhorov ishtirokida “Ruhiy zo‘riqishni bartaraf etishning psixologik usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. Unda ruhiy zo‘riqishlarni oldini olish maqsadida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tildi. Seminar so‘nggida esa psixolog B.Kalonova talabalarning ruhiyatga bog‘liq savollariga javob berdi. Bu kabi seminarlarning doimiy ravishda tashkil etilishi talabalarning ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazishga yordam beradi.