“Barqaror rivojlanish va aholi turar joylari” mavzusida seminar-trening
2024-yil 20 dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi tomonidan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari – 11 (BRM-11) doirasida “Barqaror rivojlanish va aholi turar joylari” mavzusida dolzarb va qiziqarli bahs-munozara tashkil etildi.
Ushbu tadbir doirasida sayyoramizning ekologik barqarorligini ta’minlash, shahar va qishloq joylarda aholining qulay yashash sharoitlarini yaratish muhimligi atroflicha muhokama qilindi. Talabalar barqaror rivojlanish konsepsiyasining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganib, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik toza infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha o‘zlarining ijodiy va innovatsion takliflarini faol tarzda taqdim etdilar.
Shuningdek, muhokamalar davomida, talabalar kundalik hayotda ekologik ongni oshirish va resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rganib, barqaror yashash muhitini yaratishda yosh avlodning faolligi va mas’uliyatini ta’kidladilar.
