Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Oliy ta’limda ayollar va qizlarni qo‘llab-quvvatlash

2024-yil 4-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻi ijrosi yuzasidan Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurib, universitetdagi xotin-qizlar kengashi faoliyatini o‘rganib chiqdi.

Ishchi guruh a’zolari talaba-qizlarning ta’lim olishlari va bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishda universitet xotin-qizlar kengashining tizimli faoliyatini hamda talabalar turar joyidagi shart-sharoitlarni batafsil o‘rgandilar. Universitetdagi “Sharqshunos lider qizlar”, “Qizlarjon” klublari, Ona va bola xonasi, Sharq milliy taomlari oshxonasi va boshqa to‘garaklar faoliyati ayollarning ijtimoiy faolligi va yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.

Ushbu tashabbuslar BRM 5 maqsadiga — gender tengligini ta’minlash, ayollar va qizlar uchun xavfsiz va sog’lom muhit yaratishga bevosita yordam beradi.

02.07.2025, 11:38 273