TDSHUda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

2025-yil 14-yanvar kuni TDSHUda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Тadbirda talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va musiqiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir so’nggida psixologik mashqlar va savol-javoblar ham o’tkazildi.