Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Barqaror rivojlanish kontekstida xorijiy tillarni o‘qitish

2023-yil 17-18-oktabrda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “G‘arb tillari” kafedrasi tomonidan “Barqaror rivojlanish kontekstida xorijiy tillarni o‘qitish: Ilg‘or texnologiyalar, muammolar va imkoniyatlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada kanadalik, Toshkent shahridagi Inha universitetida ingliz tili o‘qituvchisi Luis Treyn; hindistonlik, Toshkentdagi xalqaro Vestminster Universiteti o‘qituvchisi Dr Gunjan Jain; fransiyalik, Infinity Play Unity Association o‘qituvchisi Dr Larusa Marginas; ispaniyalik, Complutense de Madrid universiteti o‘qituvchisi PhD. Jaime Garsía Solana; misrlik, Socotra Archipelago universitetida fakultet dekani Hamdi Eltantavi va boshqa o‘qituvchi-professorlar BMT ning “Barqaror rivojlanish maqsadlari” rejasining 4-qismi, ya’ni ta’lim sifatini oshirish doirasida quyidagi shoʻbalarda ma’ruzalar qildilar:

  • Til ta’limidagi global muammolar;
  • O‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va innovatsion modellari;
  • Tilshunoslik, nutq tahlili va tegishli sohalar;
  • Xorijiy tillarni o‘qitishdagi tadqiqotining yangi tendensiyalari;
  • Xorijiy tillarni o‘qitishda ta’lim va xalqaro hamkorlik.
  • photo_2023-12-14_13-30-33

14.12.2023, 13:31 671