TDSHU odob-ahloq komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
2024- yil 27- mart kuni TDSHU rektori G.Rixsiyeva hamda prorektorlar, dekanlar va universitet profilaktika inspektori ishtirokida Universitet odob-ahloq komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda professor- o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarning ichki-tartib qoidalarga amal qilishlari, turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari va ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, universitetda huquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasi bilan bog‘liq ishlarni tizimli takomillashtirib borish masalalari tahlil etildi. Keyingi yillarda dunyoda geosiyosiy keskinlikni oshayotgani, zaminimizning turli nuqtalarida qo‘poruvchilik harakatlarining ortib borayotgani mamlakatimiz ziyolilarini chuqur tashvishga solmoqda. Ayniqsa, jamiyatning eng ta’sirchan qatlami bo‘lgan yoshlarni turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolayotgani, muayyan kuch markazlarining yo‘rig‘i bo‘yicha ish tutayotgani yanada xatarli.
Yig‘ilish davomida yoshlarni bu kabi xatarlardan ogoh etish borasida har bir talaba bilan uning dunyoqarashi, qiziqishlari, ruhiy-emotsional holatini o‘rganib, bu boradagi faoliyatni tanqidiy ko‘rib chiqish va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish masalasi ham muhokama etildi. Bu tadbirlar talabalar uchun xavfsiz jamiyat muhitini yaratishda katta rol o‘ynaydi.