Universitet boshqaruvi bo‘yicha transformatsion siyosat
2023-yil 19-sentyabr kuni Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (OTFIV) tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘ilishda TDSHU rektori G.Rixsiyeva va bo‘lim boshlig‘i N.Imamova ishchi guruh tarkibida ishtirok etdilar. OTFIVning Britaniya Kengashi va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorligidagi ushbu transformativ loyiha Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalari boshqaruvini yanada takomillashtirishga zamin yaratishga qaratilgan. Tadbirda mamlakatning turli universitetlaridan 12 dan ortiq rektorlar ishtirok etdi.