TDSHU Yaponiya OAV nigohida
Yaponiyaning “Eurasian Studies” nomli xalqaro tadqiqotlar jurnalida Yaponshunoslik fakulteti Yapon filologiya kafedrasi o‘qituvchisi Nadjimxodjayev Ma’rufxodja va JICA volontyori Tomohisa Futaba hamkorligida tayyorlangan “O‘zbekistonda yaponshunoslikning dolzarb masalalari” nomli maqola chop etildi.
Mazkur maqolada yaponshunoslikning rivojlanish tendensiyalari va dolzarb muammolari yoritilib, taniqli olima, professor Sugano Reikoning ilmiy faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu tadqiqot yaponshunoslik sohasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va yangi izlanishlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.