Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Uzbekistan Summer School 2026” yozgi maktabi

06.03.2026, 10:13 E'lonlar 109

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan tashkil etiladigan “Uzbekistan Summer School 2026 xalqaro yozgi maktab dasturiga qabul boshlandi. Ushbu yozgi maktab dasturi davomida ishtirokchilar tilshunoslik, turizm va madaniy almashinuvga bag‘ishlangan boy tajriba orttiradi. Shuningdek mazkur dastur turli xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilarga O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, rang-barang madaniyati hamda zamonaviy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi. Dastur qiziqarli akademik ma’ruzalar, interaktiv til kurslari, turli xil madaniy seminarlar va ekskursiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa ishtirokchilarga O‘zbekiston haqida nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba ham beradi.

 Dastur tafsilotlari

📅 Sana: 2026-yil 3–9-avgust
📍 Joylashuv: Toshkent, O‘zbekiston
Davomiyligi: 7 kun / 6 tun

Summer School TSUOS 2026

 Turar joy

Dastur davomida ishtirokchilar universitet tomonidan ta’minlanadigan 3 yulduzli mehmonxonada (nonushta bilan) bepul yashash imkoniga ega bo‘ladi (7 kun / 6 tun).

 Dastur to‘lovi

“Uzbekistan Summer School 2026” dasturida ishtirok etish to‘lovi: 595 AQSH dollari

 Kimlar ariza topshirishi mumkin

Arizalar quyidagi nomzodlardan qabul qilinadi:

  • Xalqaro bakalavr va magistratura talabalari
  • Yosh tadqiqotchilar va ilmiy xodimlar
  • Markaziy Osiyo tadqiqotlariga qiziqqan shaxslar
  • O‘zbek tili, madaniyati va turizmiga qiziqqan barcha ishtirokchilar

 Ariza topshirish tartibi

Qiziqqan nomzodlar quyidagi onlayn ariza shaklini to‘ldirishlari kerak:

https://forms.gle/6k8g1bRqmSYBdzqBA

Batafsil ma’lumot olish va ariza topshirish uchun QR kodni skanerlang yoki rasmiy veb-saytga tashrif buyuring.

Uzbekistan Summer school 2026_Program

Aloqa ma’lumotlari

📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 20-uy
📞 +998 93 301 90 45 (WhatsApp / Telegram)
📧 tsuos_international@tsuos.uz
🌐 www.tsuos.uz