Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz
2023-yil 20-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm” fakultetida talaba – yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalliggining yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasini oldini olishga qaratilgan “Biz- sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda universitetning Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Xazrat Jabborov, Sayyora Kamolova, Rafael Baxtiyorov, Timur Sattarov va Dilafruz Botirovalarning qiziqarli ma’ruzalari tinglandi. Talabalar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.