Erasmus+ loyihalari bo‘yicha seminar
2024-yil 23-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Avstriyaning Vena universiteti “Biznes, iqtisodiyot va statistika” fakulteti “Biznes boshqaruvi” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD, ko‘plab Erasmus+ dasturi loyihalari ishtirokchisi Oksana Galak ishtirokida Erasmus+ dasturlari, xususan, Jean Monnet loyihasida qatnashish va loyiha topshirish yuzasidan seminar tashkil qilindi.
Mazkur seminarda universitetning barcha maktab, fakultet va kafedralaridan Erasmus+ loyihalari bo‘yicha mas’ul xodimlari qatnashdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.