ERASMUS+ XALQARO KREDIT MOBILLIK DASTURI (ICM+)
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va doktorantlar uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish va malaka oshirish imkoniyatlarini e’lon qiladi.
📍 Hamkor universitetlar:
🏛 Leyden universiteti (Niderlandiya) – Markaziy Osiyo tadqiqotlari (faqat doktorant)
🏛 Piza universiteti (Italiya) – Tarix, arxeologiya va falsafa (o‘qituvchi va doktorant)
🏛 Karoli Gaspar universiteti (Vengriya) – Tarix (faqat o‘qituvchi)
🏛 Etvosh Lorand universiteti (Vengriya) – Tarix va arxeologiya (o‘qituvchi va doktorant)
🔹 Ishtirokchilar:
- Professor-o‘qituvchilar
- Doktorantlar
🔹 Dastur imkoniyatlari:
Professor-o‘qituvchilar uchun:
- 7 kundan 9 kungacha ma’ruza o‘qish
- Yashash va yo‘l xarajatlari qoplanadi
- Xalqaro tajriba va akademik bilimlarni oshirish
- Xalqaro sertifikat
Doktorantlar uchun:
- Yevropa universitetlarida 14 kundan 4 oygacha o‘qish
- O‘qish, yashash va yo‘l xarajatlari qoplanadi
- Xalqaro tajriba va akademik bilimlarni oshirish
- Xalqaro sertifikat
🔹 Talablar:
Professor-o‘qituvchilar uchun:
- Ingliz tilini B2 darajada bilish
- TDSHUda kamida 3 yil davomida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lishi
- O‘tiladigan mavzular ro‘yhati
- 3 betdan oshmaydigan CV (Europass formatida https://europa.eu/europass/eportfolio/screen/cv-editor?lang=en)
- 500 so‘zdan oshmaydigan motivatsion insho (ingliz tilida)
- Xorijga chiqish pasportidan nusxa
Doktorantlar uchun:
- Ingliz tilini B2 darajada bilish (Sertifikat)
- 3 betdan oshmaydigan CV (Europass formatida https://europa.eu/europass/eportfolio/screen/cv-editor?lang=en)
- 500 so‘zdan oshmaydigan motivatsion insho (ingliz tilida)
- Doktoranturaga qabul qilinganlik haqida tasdiqlovchi hujjat
- Xorijga chiqish pasportidan nusxa
📅 Arizalar topshirish muddati: 2026-yil 20-fevral
📩 Batafsil ma’lumot uchun:
Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi (Asosiy bino, 2-qavat, 6-auditoriya orqasida)
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Kozim Qayumov +998946571477