Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Fransiyaning Sharq tillari va sivilizatsiysi instituti (INALCO) Yevropa va xalqaro aloqalar boʻyicha vitse-prezidenti TDSHUga tashrif buyurdi

13.04.2023, 14:26 901

2023- yil 13- aprel kuni TDSHUga Parij Sharq tillari va sivilizatsiysi instituti (INALCO)ning Yevropa va xalqaro aloqalar boʻyicha vitse-prezidenti Gilles Forlot tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida o’zaro akademik almashinuvni yo’lga qo’yish, professor-o’qituvchilarning malaka oshirishi uchun, talabalarning esa turli grant loyihalarda qatnashishlari kabi o’quv va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

IMG_9525

TDSHU rektori G.Rixsiyeva tomonidan iqtsodiyot, siyosat, filologiya va tarix yo’nalishlarida tahsil oluvchi talabalar uchun rus, turk, fors va dariy tillari bo’yicha qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar tashkil etish, hamkorlida ilmiy loyihalada ishtirok etish hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish takliflari bildirildi.

IMG_9530

O’z navbatida Gilles Forlot bildirilgan takliflarni ma’qulladi va INALCOning barcha yo’nalishlarida darslar asosan fransuz tilida olib borilishini ma’lum qilib, fransuz tilini B1 darajada o’zlashtirgan universitet talabalarini qabul qilish imkoniyati mavjudligini ma’lum qildi.

IMG_9551

Uchrashuv davomida INALCOda faqatgina iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar yo’nalishida darslar ingliz tilida olib borilishi ma’lum qilinib, INALCO talabalarining TDSHUda rus tili hamda qator sharq tillari bo’yicha tahsil olishi masalalari muhokama qilindi.

IMG_9535

Tomonlar hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kelgusida hamkorlik bitimini imzolashga kelishib oldilar.