GENDER TADQIQOTLARI ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
Markaz direktori | NIYAZOVA NARGIZA MUXTAROVNA | |
Qabul vaqti: | Har kuni (12:00-16:00) | |
Tel: | +99899 820 97 54 | |
e-mail: | nargiza110783@mail.ru |
Markazning vazifalari
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
– Gender tenglik, xotin-qizlar masalalarini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi uchun xorij tajribasini oʼrganish asosida takliflar ishlab chiqish;
– Gendershunoslik yoʻnalishida ilmiy-pedagogik xodimlar va mutahassislarni tayyorlash hamda mahalliy va хорижлик hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;
– Fanlararo nuqtai nazardan kelib chiqib gender tadqiqotlari olib borish va tadqiqot natijalarini davlat siyosatiga tadbiq etish;
- Universitet o‘quv rejasiga gender masalalrini o‘rganishga qaratilgan fanlarini kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish;
– mintaqadagi ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida gender tengligini ta’minlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish;
– Xorijdagi gender ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;
– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;
– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va boshqa homiylar koʼmagida yilda to‘rt marotaba “Gender tadqiqotlari” xalqaro ilmiy jurnalini nashr etish, shuningdek, markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;
– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markazda konsultatsiyalar oʼtkazishni tashkil etish;
– Markaz ishiga yurtimiz va xorijda gender tadqiqotlarini olib borayotgan yetakchi mutahassislarni jalb qilish;
– Gender tadqiqotlari boʼyicha mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;
– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;
– Universitetda gender tadqiqоtlari yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.
Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
– Gender tadqiqotlari sohasidagi dolzarb masalalar boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;
– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;
– Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Gender tengligi kunlari”ni tashkil etish va uni OAVlarida yoritib borish;
– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;
– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;
– Gender sohasida amalga oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;
– Gender sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
– Gender tadqiqotlarining turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.