“Giyohvandlik-umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
#BRM_3
27-sentabr kuni universitet Xotin-qizlar kengashi, hamda Mirobod tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti talabalari uchun “Giyohvandlik- umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda yoshlar orasida psixotrop va giyohvand moddalar iste’molining tobora avj olayotganligi qattiq qoralandi. Shu bilan birga ularning zararli oqibatlari va bu kabi illatlardan yoshlarni muhofaza qilish choralari ilgari surildi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlari qizitirgan savollariga mutaxassislardan hayotiy misollar va dalillar asosida javoblar olishdi.