Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

GLOBAL TADQIQOTLAR (GLOBAL RESEARCH) ILMIY-TADQIQOT MARKAZI

 4 Markaz direktori XODJAYEVA NILUFAR BEKMURATOVNA
Qabul vaqti: Haftaning payshanba kuni soat 11:00 dan 13:00 gacha
Tel: +99894 644 27 99
e-mail: nilufar_xodjayeva@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Malayziya  madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va malay tilini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Malayziya davlatining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;

– Malay tili bo‘yicha  ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash, shuningdek, mahalliy va malayziyalik  hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;

– Malayziya va O‘zbekistondagi til vaziyati, malay va o‘zbek tillarini, malay va o‘zbek madaniyatini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga bevosita qoʻllash orqali malay va o‘zbek tillari va madaniyatini dunyo miqyosida targʻib etish;

– Malayshunoslik tadqiqi hamda Malayziya davlati yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga  zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;

– Malayziya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va malay tiliga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va o‘zbek tiliga oid asarlarni tarjima va nashr qilish orqali har ikki mamlakat  qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;

– Malayshunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha Malayziya davlatining  hamkor OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish maqsadida Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni xorijiy, xususan, Scopus va web of science ilmmetr bazalarida indekslanuvchi nashrlarda hamda respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;

– Markaz ishiga yurtimiz va Malayziya davlatida  faoliyat olib borayotgan yetakchi malayshunos olimlarni jalb qilish;

– Malay madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va malay tilini tadqiq va tahlil eta oladigan malayshunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Malayziya davlatining yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;

– Universitetda malayshunoslik yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.

  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– Malayshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Malayziya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va malay tili boʻyicha amalga  oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;

– Malayziya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va malay tili  boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

–Malayziya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va malay tilini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali Oʻzbekiston va Malayziya davlatlarining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;

– Malayshunoslikning turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

26.10.2024, 16:25 125