Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Hands Global Co., Ltd. kompaniyasi bilan uchrashuv

18.12.2025, 12:19 Yangiliklar 41

2025-yil 18-dekabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva va Yaponiyaning Hands Global Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida TAQU bazasida tashkil etilgan qurilish sohasi mutaxassislari uchun yapon tili o‘quv kurslarida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yapon tilini o‘rganayotgan talabalarning amaliyotini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik talabalarning amaliy til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni sohaga mos muhitga tayyorlash hamda kelgusida Yaponiya kompaniyalarida mehnat faoliyatini amalga oshirishga tayyorlashga xizmat qilishi qayd etildi.