Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Harbiy tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan suhbat

14.03.2026, 12:47 Yangiliklar 123

2026-yil 13-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalar uchun harbiy tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv davomida talabalarga harbiy xizmatning ahamiyati, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, harbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda yoshlarning o‘rni, harbiy xizmatning mas’uliyati hamda harbiy sohada mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda harbiy tayyorgarlik bo‘yicha zarur tavsiyalar bilan tanishtirildi. Tadbir talabalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.