Harbiy tibbiyotdagi islohotlar: Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun

#SDG3, #SDG4, #SDG5
2025 yil 10-fevral kuni Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi tashabbusi bilan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 3, 4 va maqsadlari doirasida bir guruh talaba qizlarning O’zbekiston Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida sayyor darsi uyushtirildi. Talaba qizlarga ustozlar D.Elmurodova va M.Maturazovalar hamrohlik qilishdi. Talabalarga akademiya ustozlari tomonidan harbiy tibbiyot va uning yutuqlari namoyish etilib, talaba qizlar robotlashtirilgan amaliyot xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, dars davomida sog’liqni saqlash naqadar muhimligi, bunda malakali ta’lim olgan kadrlarning ahamiyati va ular orasida qizlarning ham salmog’i oshishi muhimligi ta’kidlandi.