“Salomatlik” markazi
BRM doirasida universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talabalarini har tomonlama himoya qilish va qo‘llab quvvatlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Salomatlik markazi” tashkil qilingan. Ushbu markaz sog‘liqni tiklash uchun barcha tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan. Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun Markaz doimiy xizmat ko‘rsatadi. Markazda sog‘liqni qayta tiklash uchun tibbiy faoliyatlar barcha uchun bepul amalga oshiriladi.
Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilariga sanatoriya va sog‘liqni qayta tiklash markazlari, dam olish maskanlariga TDSHU Kasaba uyushmasi tomonidan yo‘llanmalar taqdim qilinadi, shu bilan birga ularning farzandlariga esa turli xil lagerlar, sog‘lomlashtirish markazlariga imtiyozli chiptalar beriladi.