Hindistonning Dehli universitetida “O‘zbekistonda etnoturizm – madaniyat va an’analar bo‘ylab sayohat” mavzusida ma’ruza qilindi

#SDG17 #turizm
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Karimov, QS reytingida 328-o’rinda turuvchi Hindistonning Dehli universitetida “O‘zbekistonda etnoturizm – madaniyat va an’analar bo‘ylab sayohat” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida yurtimizda etnoturizm rivoji, turizmga berilayotgan e’tibor va o‘ziga xos imkoniyatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir ishtirokchilari ayniqsa, Rishton, Chust, Yangiqo‘rg‘on va Boysun tumanlarida etnoturizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha natijalariga katta qiziqish bildirishdi.