Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoitlari o‘rganildi

20.01.2026, 19:10 Yangiliklar 144

2026-yil 20-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik masalalari, yaratilgan qulayliklar hamda yashash muhitining umumiy holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik ehtiyojlari, muammolari va takliflari tinglandi.