Ilmiy-amaliy konferensiya

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi va tadqiqot.uz jamoasi hamkorligida talabalar va magistrlar o’rtasida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
Masofaviy konferensiyada ishtirok etish uchun tadqiqot.uz saytiga o’z sohangizga oid ilmiy tezislar maqola yoki videorolik shaklida 30-aprel sanasiga qadar yo’llanadi.
Konferensiyadan tushgan mablag’lar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o’tkaziladi.
Konferensiya haqida batafsil ma’lumotni tadqiqot.uz sayti yoki @Scientificpublications telegram kanalidan olishingiz mumkin.