Ilmiy anjuman
2017-yil 27-may kuni soat 13.30.da “Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusida Vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiya Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilinmoqda. Anjumanda xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi va tarixshunosligining ilmiy-nazariy hamda uslubiy masalalari; xorijiy tillardagi manbalarda Sharq mamlakatlari tarixining o‘rganilishi; Sharq mamlakatlarining rivojlanishi tarixi masalalari; O‘zbekiston Respublikasining xorijiy Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari tarixiga oid ma’ruzalar muhokama qilinish ko‘zda tutilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 16. Oybek metrosi.