Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ILMIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI

1 Boshqarma boshlig‘i: KARIMOV NODIR RAXMONQULOVICH
Qabul vaqti: Ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha
Tel: +998976929898
e-mail: nodir_karimov@tsuos.uz

 

ILMIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASINING ASOSIY VAZIFALARI:

 Universitet professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi tarkibining ilmiy faoliyatini monitoringini olib borish.

  • Ilmiy loyihalarini rejalashtirish, ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish.
  • Ilmiy va pedagog xodimlar tayyorlashning yillik ish rejasi va ularning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yordamida nazorat qilinib turilishini taʼminlash.
  • Professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi va talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish yoʻli bilan oʻquv jarayonini ilmiy-tadqiqotlar bilan aloqasini taʼminlashga koʻmaklashish.
  • Rejalashtirilgan ilmiy ishlarning bajarish boʻyicha universitet fakultet va kafedralari yillik hisobotini nazorat qilish.
  • Universitetning Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi bitimlarga muvofiq qoʻshma ilmiy-tadqiqotlar va hamkorlikda konferensiya, anjumanlarni oʻtkazish va ilmiy adabiyotni nashr etish uchun boshqa oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro axborot almashuvi va foydalanishni taʼminlab berish.
  • Konferensiya, simpozium, seminar va kengashlarni oʻtkazishni rejalashtiradi va ilmiy toʻplamlar, ilmiy konferensiya, simpozium, seminar kengash va anjumanlarni materiallarni nashr etishga koʻmaklashadi.
  • Tayanch doktorantura va doktorantura tizimiga qabul uyushtirish.
  • Tayanch doktorantura va doktorantura tizimiga qabul qilinganlarning ilmiy mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini Kengashda tasdiqlash.
  • Tayanch doktorantura tizimiga qabul qilish va malakaviy imtihonlarini qabul qilish boʻyicha hayʼat aʼzolarini belgilash.
  • Har yili belgilangan muddatlarda stajyor-tadqiqotchi, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish.
  • “Yosh olimlar” kengashida yosh professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi va iqtidorli talabalarga ilmiy anjumanlar oʻtkazishni tashkil etish va bu anjumanlarda ularning faol ishtirok etishlarini nazorat qilish.

12.11.2024, 11:36 113