Inklyuziv ta’lim bo’yicha vazirlik ishchi guruhida TDSHU rektori ishtirok etdi
Inklyuziv ta’lim oliy ta’lim tizimida bugungi kunda muhim e’tiborga molik va jiddiy keng qamrovli masalalarni hal etish kun sayin dolzarb bo’lib bormoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ishchi guruhi yig’ilishi boshlandi. Unda OO’MTV Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariyati, Britaniya kengashi rahbariyati, Vestministr universiteti (London) rahbariyatidan vakillar, OTM rektorlari va mutaxassislar ishtirok etdi.