Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas”

07.05.2018, 17:23 Yangiliklar 3172

9-may mamlakatimizda “Xotira va Qadrlash kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Kezi kelganda, shuni alohida ta’kidlash kerakki, azal-azaldan xalqimizning tafakkuri, ma’naviy hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan xotira, qadr tushunchalari Mustaqillik yillarida yangicha sayqal topib, qalbimiz, ongu-shuurimizdan mustahkam joy oldi. Davlatimiz rahbari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, ularning munosib rag‘batlantirilayotganligi, faxriylar ishtirokida turli tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilayotganligi, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilayotganligi, barcha-barchasi mamlakatimizda xotira va qadr tushunchalari tom ma’noda tantana qilayotganligining yaqqol isbotidir.
Jumladan, 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 7-may kuni institutimizda ham “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda institutmiz professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari va fahriylar ishtirok etdilar. Tadbirda TDSHI rektori A.Mannonov so‘zga chiqib, barchani umumxalq bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, urush va urashdan keyingi og‘ir yillar, bir burda nonga zor bo‘lgan odamlar qismati to‘g‘risida hayotiy misollar bilan tushuntirishlar berdi hamda ushub dorillamon kunlarning qadriga yetish, tinchlikni asrab avaylash va Vatan ravnaqi yo‘lida belni mahkam bog‘lab xizmat qilish kerakligini alohida qayd etdi.
Shundan so‘ng, talaba-yoshlar o‘zlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarni, ta’sirli she’rlarni va qo‘shiqlarni ijro etishdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Akademiyasining harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuylar yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi.
Ayni kunlarda, mamlakatimizda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligini keng nishonlanmoqda. Fahriylar xonadonlariga borib, ular holidan xabar olinmoqda. Darhaqiqat, biz yoshlar uchun ushbu kunda o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, erkinlik uchun kurashgan milliy qahramonlarimiz ruhini shod etish, yodga olish ham farz ham qarzdir.

photo_2018-05-07_17-20-08 photo_2018-05-07_17-20-09 photo_2018-05-07_17-20-10 photo_2018-05-07_17-20-11 photo_2018-05-07_17-20-12 photo_2018-05-07_17-20-15 photo_2018-05-07_17-20-27

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi