IQTISODIY TADQIQOTLAR MARKAZI
Markaz direktori | ERMAMATOV SHONAZAR JUMAKULOVICH | |
Qabul vaqti: | Haftaning seshanba, payshanba, shanba kunlari soat 13:00 dan 15:00 gacha | |
Tel: | +99890 935 14 49 | |
e-mail: | shonazar_ermamatov@tsuos.uz |
Markazning vazifalari
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
– iqtisodiyot yoʻnalishida ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijlik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;
– Ilmiy Markaz faoliyatini ta’lim jarayoni bilan bog‘lash, maxsus kurslarga, darslik va qo‘llanmalar yaratishga jalb etish.
– Ilmiy Markaz hamkorlik guruhining loyihaviy dasturlari asosida ilmiy seminarlar, anjumanlar uyushtirish.
– iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari, bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyalari va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari bazasi hamda doktorlik dissertatsiyalari, monografiyalarning muhokamalarini tashkil etish;
– ilmiy tadqiqot loyihalari bilan davlat dasturlari doirasidagi tanlovlarda va xorijiy grantlarda ishtirok etish;
– Ilmiy Markaz ishiga yosh iqtidorli talaba va magistrantlarni jalb etish, ularning ilmiy izlanishlariga hamda ish natijalarini nashrga tayyorlashga ko‘maklashish;
– muntazam ravishda tashkil etiladigan ilmiy seminarlar va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan yig‘inlar orqali yosh o‘qituvchi, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;
– Ilmiy Markazda yetakchi va nomdor iqtisodchi, mamlakatshunos, sharqshunos, geograf va boshqa olimlar bilan uchrashuvlar uyushtirib borish, onlayn ma’ruzalarni tashkil etish. Bu ishda talaba, magistrant, doktorantilar ishtirokini ta’minlash;
– yosh olimlar uchun sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda mahorat darslarini tashkil etish.
– Universitet saytida va ijtimoiy tarmoqlarda ilmiy markaz sahifasini ochish va faoliyatini muntazam yoritib borish;
– Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini birlamchi manbalar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ma’lumotlari asosida o‘rganish;
– Sharq mamlakatlarining resurs salohiyatini tadqiq etish va uning mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida tutgan o‘rniga baho berish;
– Sharq mamlakatlari iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar yo‘nalishlarini asoslash va unga ta’sir etayotgan omillarni tahlil qilish asosida O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
– Sharq mamlakatlarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiyatlarini aniqlash;
– jahonning ilg‘or mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash tajribalarini tadqiq etish va bu tajribalarni O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda respublikamizda tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
– Sharqning yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan, xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi kabi mamlakatlarida innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyot barpo etish tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonda bu tajribadan foydalanish imkoniyatlarini asoslash;
– O‘zbekistonning xorijiy, shu jumladan, Sharq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining hozirgi holatini tahlil qilish, bu sohada mavjud muammolarni aniqlash hamda O‘zbekistonning Sharq mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;
– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy ish yozish kurslari tashkil etish;
– iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish.