Jahon tarixi va Mamlakatshunoslik fanlari doirasida ko’rgazma tashkil etildi
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Tarix va falsafa fakulteti Sharq mamlakatlari tarixi va hozirgi zamon muammolari kafedrasi yosh o‘qituvchisi Narimonov Diyorbek tomonidan 2018-yilning 15-20-noyabr kunlari Jahon tarixi va Mamlakatshunoslik fanlari doirasida ko’rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad fan doirasida talabalarni qobilyatini ma’lum bir maqsadga yo’naltirish, istedodli izlanuvchan ijodkor talabalarni aniqlash, ularni iste’dodlarini umulashtirgan holda ijodiy qobilyatini o’stirishdan iborat.