Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Jinoyatsiz kelajak sari”

31.03.2018, 13:02 Yangiliklar 3104

Joriy yilning 30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasining Mirobod tuman kengashi bilan hamkorlikda Mirobod tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman ichki ishlar bo‘limi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Jinoyatsiz kelajak sari” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda TDSHI Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Aripov, O‘zbekiston XDP Mirobod tuman kengashi raisi I.Nurmuxamedov, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi B.Islomov, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi raisi O‘.Xolov, Toshkent shahar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi raisi N.Akbarov, Toshkent shahar iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudi raisi L.Abdullayev, Mirobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi D.Jo‘rayev, Mirobod tuman ichki ishlar bo‘limi voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha guruh rahbari S.Zayniddinov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Mirobod tumani kengashi raisi S.Saidxonov, Toshkent shahar xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati A.Karimov va institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirda yurtimizda huquqbuzarliklarni barvaqt olidini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan keng miqyosli ishlar yuzasidan statistik ma’lumotlar talaba-yoshlar diqqatiga havola qilindi. Shuningdek, talabalarda huquqiy immunitetni shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi