Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreys filologiyasi kafedrasi

 Saydazimova Umida Saydazimova Umida Turahanovna
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori, professor
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Dushanba, Payshanba (14:00-16:00)
Tel.: +99890 949-21-15
E-mail: umida_saydazimova@tsuos.uz

“Koreys filologiyasi” kafedrasi

Ta’lim olish ikki – bakalavriat va magustratura bosqichlarida olib boriladi. Kafedra bakalavriat bosqichida “Filologiya va tillarni o‘qitish” (sharq tillari) bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. Magistratura bosqichida “Lingvistika” (koreys tili) va “Adabiyotshunoslik” (koreys adabiyoti) mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Shu bilan birga kafedra o‘qituvchilari xorijiy mamlakatlar tarixi, Sharq falsafasi, Uzoq Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik kafedralarida ham ma’ruza va amaliy soatlarni olib borishadi.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)

Kafedra magistratura mutaxassisligi

70230101 – Lingvistika (koreys tili)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. Xorijiy sharq tili (1-kurslar)
  2. Asosiy sharq tili (2-4 kurslar)
  3. Sharqshunoslikka kirish
  4. O‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti (Koreya) (2-4-kurslar)
  5. Qo‘shimcha sharq (koreys) tili (2-4-kurslar)
  6. Sharq tillarini o‘qitish metodikasi (tanlov fan)
  7. Asosiy sharq tili nazariyasi
  8. Sharq xalqlari adabiyotida adabiy oqimlar (tanlov fan)

Magistratura mutaxassisligida:

Lingvistika (koreys tili)

  1. Mutaxassislikning nazariy masalalari
  2. Koreyada til vaziyati va siyosati
  3. Koreys tili stilistikasi (tanlov fan)
  4. Koreys tili tarixi
  5. AShT shevashunosligi (tanlov fan)
  6. Sinxron tarjima nazariyasi va amaliyoti (tanlov fan)
  7. AShTda lingvistik terminologiya (tanlov fan)
  8. Koreys tilida biznes muloqoti xususiyatlari (tanlov fan)

Adabiyotshunoslik (koreys adabiyoti)

  1. Mutaxassislikning nazariy masalalari
  2. Sharq adabiyoti jahon adabiyoti kontekstida
  3. Sharq xalqlari adabiyoti poetikasi
  4. Mumtoz adabiyotda matn tahlili (tanlov fan)
  5. Sharq adabiyotida zamonaviy nasr (tanlov fan)
  6. Zamonaviy adabiy oqimlar va yo‘nalishlar (tanlov fan)

Слайд1Слайд2Слайд3Слайд4

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

    1. Toshkent davlat iqtisodiyot va diplomatiya universiteti
    2. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
    3. Samarqand davlat chet tillar instituti
    4. Toshkent xalqaro Kimyo universiteti
    5. TDShU qoshidagi Yunusobod akademik litseyi
      6. Shayhontohur tumaniga qarashli 59-son ixtisoslashtirilgan maktab
    6. Sejong institute
    7. Koreya Respublikasining Toshkentdagi koreys tili ta’lim markazi

     

    Kafedraning xalqaro hamkorlari:

    1. Koreya Respublikasi Elchixonasi
    2. «KOICA» Xalqaro Agentligi
    3. «Korea Foundation» fondi
    4. «Academy of Korean Studies» Xalqaro fondi
    5. Konyang Cyber universiteti
    6. Kemyong universiteti

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

07.06.2024, 13:17 33978