Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreys tili va O‘zbekistondagi ilmiy tadqiqotlar

13.01.2022, 15:14 Yangiliklar 3056

Toshkent shahridagi Puchon universitetida filologiya fanlari doktori (DSc), professor Kim Natalya Dek-henovnaning (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, koreys filologiyasi kafedrasi) ilmiy-metodik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda koreys tilshunosligi sohasidagi ilmiy ishlar, koreysshunoslikning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritildi.

nat2

Bundan tashqari, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish muhimligi, respublikada koreys tilini o‘qitish sharoitiga moslashtirilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Toshkent shahridagi Puchon universiteti yosh o‘qituvchilari uchun PhD va DSc darajalari, mutaxassislik yo‘nalishlari va dissertatsiya ustida ishlash usullari bo‘yicha materiallar tayyorlandi.

nat3

TDSHU Matbuot xizmati