“Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan gender siyosati va fakultetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar manfaatini himoya etish masalasi” mavzuida davra suhbati tashkil qilindi.
“Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik” fakulteti qishki taʼtil rejasiga muvofiq, 6 yanvar sanasida “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan gender siyosati va fakultetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar manfaatini himoya etish masalasi” mavzuida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirni Universitet xotin-qizlar kengashi raisi Sh. Zaynutdinova olib bordi. 2020 yilda universitet ayol professor-o‘qituvchilari va talaba qizlari bilan olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 29 dekabrdagi Murojaatnomasida oliy taʼlimga xotin-qizlarni jalb qilish uchun kvotalarning oshirilishi, 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida yoshlarga, xususan, qizlarni taʼlim olishi va ularning salomatligiga eʼtibor masalalari kun tartibiga chiqishi yuzasidan baʼzi mulohazalarni aytib o‘tdi. Fakultet ustozlari ham o‘zlarining baʼzi fikrlarini bildirishdi.