MDH mamlakatlari universitetlarining xalqaro videokonferensiyasi
2020 yil 26 mayda MDH mamlakatlari universitetlarining xalqaro videokonferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiya hamdo‘stlik davlatlarining milliy iqtisodiga COVID-19 pandemiyasining ta’siriga bag‘ishlanadi.
Tashkilotchilari:
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
- M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti;
- Sankt-Peterburg davlat universiteti;
- Belorussiya davlat universiteti;
- Baku davlat universiteti;
- Erevan davlat universiteti;
- Moldava davlat universiteti;
- Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti;
- Tojik miliy universiteti;
- O‘sh davlat universiteti;
Bu kabi ko‘ptomonlama xalqaro videokonferensiya ilk bor o‘tkazilmoqda. Barcha qiziquvchilarni ushbu videokonferensiyaga taklif qilamiz. Konferensiya TDSHU ning facebookdagi rasmiy sahifasida on-layn tarzda translyatsiya qilinadi.