|
Narimonov Qahramon G’ulomjonovich |
Ilmiy darajasi va unvoni: |
Falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent v.b. |
Lavozimi: |
Markaz direktori |
Qabul kunlari: |
Har kuni |
Telefon: |
+998 71 232-13-83 |
E-mail: |
media@tsuos.uz |
Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Ta’lim sifatini oshirish, kadrlar tayorlashda innovasion usullarni joriy etish;
- universitet talabalari va sharqshunoslik sohasiga qiziquvchi barcha o‘quvchilar uchun universitet professor-o‘qituvchilarining darslarini tasvirga olish va tayyorlash hamda talabalarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mavzularni qamrab olgan turli internet materiallari, roliklar, qisqa metrajli ilmiy va hujjatli filmlar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar (youtube, telegram, instagram, facebook)da joylashtirib borish, talabalarga bepul havola etish va keng ommaga pullik xizmat ko‘rsatishdan iborat;
- sharqshunoslik faoliyatiga doir bo‘lgan filologiya, tarjima, gid, matnshunoslik va manbashunoslik, jurnalistika, tarix, falsafa, siyosatshunoslik, turizm hamda iqtisodiyot yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda videodarslar tayyorlash;
- talabalarni jalb etgan holda ilmiy, badiiy, tarixiy, falsafiy va boshqa yo‘nalishlarda audiodarslar yaratish;
- Sharqshunoslik universiteti faoliyatini targ‘ib etuvchi ijtimoiy va reklama roliklarini tayyorlash, tayyorlangan media mahsulot (kontent)larni internet tarmog‘i orqali yoritib borilishini yo‘lga qo‘yish;
- media dasturiy ta’minoti, veb hamda mobil ishlanmalarni yaratish;
- yoshlarning bilim va ta’lim olishga qiziqishlarini oshirish;
- talaba-yoshlar hayotiga doir bo‘lgan tanqidiy va tahliliy mavzularda tok-shoularni, eshittirishlarni talabalar bilan birga tayyolash;
- yoshlarning ijtimoiy muammolarining yechimiga bag‘ishlangan hamda yoshlarning yutuqlari to‘g‘risidagi rolik va internetTV ko‘rsatuvlar tayyorlash;
- universitetda mahalliy va xalqaro miqyosdagi amaliy hamda nazariy anjuman, seminar, konferensiya, simpozium, musobaqa, ko‘rgazmali chiqish va boshqa tadbirlarni bevosita o‘tkazish va tashkil etishda ko‘maklashish;
- talabalar fotoklubini tashkil etish;
- markaz o‘zining asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun mamlakat va xorijiy davlatlar fuqarolari, korxona, tashkilot va muassasa, davlat va jamoat tashkilotlarining ixtiyoriy hayriyalarini pul mablag‘lari, turli hil ko‘char yoki ko‘chmas mulk shaklida jalb etish;
- hamkorlik qilish istagini bildirgan, faoliyati yoshlar va ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan barcha oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim kollej va litseylar, maktab, o‘quv markazlari, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, sport sohalarida faoliyat olib boruvchi davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish;
- nizomdagi maqsadlarga yaqin bo‘lgan milliy va xalqaro loyihalarda qatnashish, tashkil etishga ko‘maklashish hamda ularni bevosita o‘tkazish;
- ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini o‘rganish, xorijda malaka oshirish, umumlashtirish va ommalashtirish;
- Markaz qonunda taqiqlanmagan va uning Nizomidagi maqsadlariga mos har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Litsenziya yoki maxsus ruxsatnoma talab etiladigan faoliyat turi bilan faqatgina belgilangan tartibda shug‘ullanishga yo‘l qo‘yiladi.
07.11.2024, 11:22
37
Bosma versiyasi