Melakadan xabarlar
Ushbu forumda TDSHU rektori G.Rixsiyeva “Barqaror rivojlanish va innovatsiyalarga asoslangan o‘sishda ayol olimalarning strategik roli” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, malay tili yo’nalishida tahsil olayotgan magistrantimiz Sarvinoz Akramova ham nutq so’zladi.
Ushbu xalqaro forum doirasida TDSHU va ikki universitet – Malaya Universiteti va Sabah Malayziya universiteti o’rtasida MOU imzolandi.
Muzokaralar jarayonida kelgusida ikki universitet o’rtasida amalga oshiriladigan qator hamkorliklar ko’rib chiqildi.


