Navro‘z bayrami uchun chegirmalar e’lon qilindi
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022 yil 19-20-21-22-23 mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi (ko’rish uchun).
- “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi.
- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun:
– oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;
– kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;
– «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun – 10 foiz chegirmalar joriy qilindi.